Kuzatuv kameralari har qanday xavotirli voqealarga tezkor reaksiya bildirish uchun ideal yechimdir. Ushbu vositalar kundalik hayotimizda salbiy hodisalarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Videokuzatuv kameralari raqamli va analog kameralarga bo‘linadi. Ularning asosiy farqi shundaki, raqamli kameralar to‘liq avtonom videokuzatuv tizimlari hisoblanadi – kameralar Krona batareyasidan, qabul qiluvchi esa noutbuk yoki kompyuterdan 5 volt quvvat oladi.
Simli kameralarning har biri kuchaytirgichga ulanganda simsiz bo‘lishi mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinish zonasida videosignalni radiokanal orqali uzatish masofasi maksimum 10 km gacha yetishi mumkin. Biroq, videotasvirni simlar orqali uzatish masofasini transmiter videosignal kuchaytirgichi yordamida ham oshirish mumkin (600 m gacha). Bunday holda videotasvir va kameraning quvvatlanishi simlar orqali “o‘ralgan juftlik” (vitay para) yordamida uzatiladi.